22:10 / 31.03.2016
1356

"Lids" futbolchisi raqibni tishlagani uchun 8ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi

Chempionship vakili "Lids" jamoasining senegallik futbolchisi Sulaymon Dukara Angliya futbol assotsiatsiyasi tomonidan 8ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi. Bunga u o‘yinlardan birida "Fulhem" jamoasi futbolchisi Fernando Amorebetani tishlagani sabab bo‘lgan.

Bu voqea 23 fevral kuni "Fulhem"ga qarshi o‘tkazilgan o‘yin (1:1) vaqtida ro‘y bergan.

AFA 30 mart kuni bu ishni ko‘rib chiqqan va senegallik futbolchini zo‘ravonlik qo‘llashda ayblagan. Futbolchiga diskvalifikatsiyadan tashqari, 5 ming funt jarima qo‘llangan.

Top