Sport jurnalisti Brayan Uindxorst intervyu vaqtida uxlab qoldi
Sport jurnalisti va eksperti Brayan Uindxorst ESPN telekanaliga intervyu berayotgan vaqtda uxlab qoldi.
Jurnalistlarning uzun savollariga chiday olmay Uindxorstning ko‘zlari tez-tez yumula boshladi va uxlab qoldi. Uyqudan turgandan so‘ng u savolga javob berishga harakat qildi, lekin hech narsa deya olmay kulib yubordi.
Keyinroq Uindxorst o‘sha paytda u telefondan xabarlarni o‘qiyotganini aytdi: “Adam Shefter (ESPN xokkey muxbiri) TVda telefonga qarasa, ko‘plab shartnomalarni qo‘lga kiritadi. Telefonga qaraganimda esa odamlar menda narkolepsiya bor deb o‘ylaydi”.
Ko‘pchilik holdan toydiruvchi efirlar va matbuot anjumanlarini ko‘tara olmaydi. 2013 yilda aktyor Morgan Friman ham “Yolg‘on illyuziyasi” filmining ekranlarga chiqishi oldidan tashkil qilingan intervyuda Maykl Keyn savollarga javob berayotgan bir vaqtda uyquga ketib qolgan.