Jamiyat | 20:28 / 31.03.2016
1832
2 daqiqa o‘qiladi

Tashabbuskor triatlet Google Street View rivoji uchun 500 ming kilometr masofani bosib o‘tdi

Servisni yanada rivojlantirish maqsadida 500 ming kilometr masofani bosib o‘tgan tashabbuskor sharofati bilan Google Maps “Ming tabassumli mamlakat” hisoblanmish Tailanddagi 150ta qiziqarli maskanlarni qayd etdi. Bu haqida Mashable xabar berdi.

Endilikda Street View rejimida Suxotay tarixiy bog‘i va Ayutxayning qadimiy ibodatxonasi kabi joylarni ham ko‘rish imkoni mavjud.

Tailandlik triatlet Panupong Luangs-Ard sayohatning turli usullarni izlashga harakat qildi va 500 km masofani piyoda yurdi.

“Faqatgina choy plantatsiyalari va qulupnay o‘sayotgan dalalarni suratga tushirish chog‘ida u to‘rt juft poyabzal kiydi”, - deb xabar beradi Google vakili.

Mazkur loyihani tamomlash uchun ikki yil vaqt sarflandi, kamera uchun tiniq osmon zarurligi tufayli yomg‘irli kunlarda tanaffus qilindi. Kamerali ryugzak og‘irligi 18 kilogramm bo‘lib, u operator boshidan yarim metrdan oshiqroq ko‘tarilib turadi. To‘liq zaryadlangan akkumulyator olti soatlik tasvir uchun bazo‘r yetadi.