23:24 / 31.03.2016
2475

Toshkent hayvonot bog‘i ko‘ngillilar uchun ish e'lon qildi

Toshkent hayvonot bog‘i ko‘ngilli bo‘lish istagida bo‘lganlar uchun arizalar yig‘ish boshlanganligini e'lon qildi. Bu haqda bog‘ning feysbukdagi sahifasi xabar beradi

“Biz uchun sevimli bo‘lgan hayvonot bog‘ida qilinishi lozim bo‘lgan ishlar qalashib ketdi. Shu sababli biz ko‘ngilli bo‘lish istagidagi kishilarni yordamga chaqiramiz. Vazifa va rejalarimiz juda ko‘p. Agar siz jonivorlar hayotiga befarq bo‘lmasangiz, sizga jamiyatga foyda va yaxshilik keltirish g‘oyasi manzur bo‘lsa, biz sizlarni kutamiz”, - deyiladi xabarda.

Ko‘ngilli bo‘lish uchun o‘zingiz haqingizdagi shaxsiy ma'lumotlar kiritilishi lozim bo‘lgan maxsus so‘rovnomani to‘ldirishingiz kerak bo‘ladi.

Hayvonot bog‘i hodimlarining ta'kidlashicha, eng yosh ko‘ngillilar uchun tabiatshunoslik to‘garaklari, katta yoshdagilar uchun esa qisqa ta'lim kursi tashkil etiladi.
Toshkent hayvonot bog‘iga 1924 yilda asos solingan. 1997 yilda bog‘ yangi joy – Botanika bog‘i hududiga ko‘chirilgan. Unda 390 turdagi 7 mingga yaqin jonzot mavjud.

Top