22:19 / 31.03.2016
1330

UYeFA «Dnepr»ni yevrokuboklardan chetlatdi

UYeFA rasmiy saytida Ukrainaning «Dnepr» jamoasi keyingi 3 yil davomida 1 yil muddatga yevrokuboklarda ishtirok etishdan mahrum qilingani haqida rasman e'lon qilindi.

Shunday jazo Bokuning «Inter» va ruminlarning «Tirgu-Muresh» jamoalariga nisbatan ham qo‘llangan.

Qayd etilishicha, bu jamoalar keyingi 3 mavsum davomida yevrokuboklarda qatnashishni ta'minlovchi o‘rinlarni egallasa, 1 yilni yevrokuboksiz o‘tkazadi.

Bu qarorga jamoalarning o‘z futbolchilari va murabbiylaridan qarzdorligi sabab bo‘lgan.

Qayd etish kerakki, «Dnepr» jamoasi 2015 yilda Yevropa Ligasi finalida o‘ynagandi. Joriy mavsumda dnepropetrovskliklar Ukraina chempionatining 19 turidan keyin 4-o‘rinda bormoqda va bu o‘rin Yevropa ligasida ishtirok etishga imkon beradi.

Top