16:47 / 01.04.2016
1427

Germaniya qochqinlar lagerlarida ayollarni jinsiy tajovuzlardan himoya qilishga 200 mln yevro ajratadi

Germaniyaning oila, keksalar, ayollar va yoshlar ishlari bo‘yicha federal vazirligi (BMFSFJ), qochqinlar lagerlarida ayollar va bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlikka qarshi kurash maqsadida, 200 mln yevro mablag‘ ajratadi, deb xabar qilmoqda The Local vazirlik bayonotiga tayangan holda. 

Federal vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, ajratilgan mablag‘lar asosan lagerlarni qayta jihozlashga sarflanadi. Ya'ni, lagerlar hududida, ayollar va bolalar uchun alohida turarjoylar barpo etiladi. Shu bilan ular jinsiy zo‘ravonlik tahdididan himoya qilinadi.

Die Welt nashrining yozishicha, Hisen shahrida o‘tgan yilning bir oyida qochqinlar lagerida 15 marotaba jinsiy tajovuz holati qayd etilgan.

Top