Fan-texnika | 10:07 / 01.04.2016
1986
2 daqiqa o‘qiladi

Ilon Mask Tesla 3 modelining yangi dizaynini namoyish etdi

Elektromobillar ishlab chiqaruvchi Tesla Motors kompaniyasi yetakchisi Ilon Mask boshqa modellarga nisbatan birmuncha arzon yangi Tesla 3 rusumli mashinani namoyish etdi. Uning narxi 35 ming AQSh dollaridan boshlanadi. 

Dastlab elektromobil ekranda namoyish etilgan, shundan so‘ng ulardan bir nechtasi sahnaga olib chiqilgan.

Yangi mashinani kelasi yildan avtomobil salonlarida ko‘rish, hozircha esa, unga buyurtma berish mumkin.

Maskning ma'lum qilishicha, Tesla 3 bir marotaba quvvat olgach, 350 km masofani bosib o‘ta oladi. Jurnalistlarning e'tirof etishlaricha, ushbu model, nafaqat rodster, balki krossover ham qurish imkonini beruvchi platformaga ega.