16:41 / 01.04.2016
1508

Janluidji Buffon futbolni qachon tark etishini ma'lum qildi

«Yuventus» jamoasi va Italiya termasi darvozaboni Janluidji Buffon futbolchilik faoliyatini qachon yakunlashi haqidagi savolga javob qaytardi.

«Men yana 2 mavsum futbol o‘ynamoqchiman. Keyin esa ketaman. Men 40 yoshdan keyin o‘ynashni istamayman.

Menga 2 barobar maosh to‘lashadigan bo‘lishsa ham, hamisha «Yuve»da qolganman. Men uchun bu jamoada bo‘lish sharaf. «Yuventus» – bu hayotimning bir qismi. Garchi bugungi kunda bu gap u qadar jarangdor eshitilmasada.

Men bu jamoada ulkan tajriba to‘pladim, lekin murabbiy bo‘lmoqchi emasman. Menga seleksioner bo‘lish yoqadi. Men AQShga yoki Xitoyga yo‘l olib, u yerlardagi iqtidorlarni kuzatishni istayman.

Men o‘z oldimga nimanidir maqsad qilib qo‘yadigan bo‘lsam, uni bajarmagunimcha to‘xtamayman. Maqsadsiz hayotni tasavvur eta olmayman», – deydi Buffon.

Buffon turinliklar jamoasi safida 8 marta Italiya chempioni bo‘lgan va 1 marta mamlakat kubogini qo‘lga kiritgan. U Italiya terma jamoasi bilan jahon chempionligiga erishgan.

Top