08:33 / 01.04.2016
1400

Jorjiya shtatida o‘g‘rilik qilish vaqtida qotillikka qo‘l urgan mahbus qatl etildi

AQShning Jorjiya shtatida 1994 yilda qotillik amalga oshirgan mahbus, 41 yoshli Joshua Bishop qatl etildi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi. Mahbus o‘limga olib keluvchi inʼeksiya kiritish orqali qatl etildi.  

Bishop 1994 yilda Leverett Morrison va Mark Breksli ismli shaxslar bilan spirtli ichimlik ichib, ulfatchilik qilib o‘tirganda, uning sherigi Morrison uxlab qolgan. Bishop esa bundan yovuz niyatda foydalanib qolmoqchi bo‘lgan: u sherigining cho‘ntagidan mashina kalitini olmoqchi bo‘lganda, Morrison uyg‘onib qolgan. Shundan keyin Bishop uni pulsi yo‘qolgungacha do‘pposlagan.

Bishop bu jinoyati uchun 1996 yilda o‘lim jazosiga mahkum qilingan. Uning o‘sha ulfatchilikdagi yana bir sherigi Breksli esa hamtovog‘ining jinoyatiga sheriklik qilgani uchun umrbod qamoq jazosiga tortilgan, chunki qotillik uning treylerida amalga oshirilgan va u qotilga jasadni yashirishda va unga tegishli mashinani yoqib yuborishda yordam bergan.

Top