20:59 / 01.04.2016
1259

Shvetsiyalik chang‘ichi dunyo rekordini o‘rnatdi

Shvetsiyalik chang‘ichi Erik Vikstrem 24 soat ichida klassik uslubda 438,575 km yo‘l bosib o‘tib, dunyo rekordini yangiladi. Bu haqda Xalqaro chang‘i sporti federatsiyasi saytida ma'lum qilindi.

33 yoshli sportchi bir kunda 412 metr uzunlikdagi davrani 1064,5 marta aylanib chiqdi. Bu natija Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi.

"Mening tanam nimaga qodirligini tekshirish qiziq edi. Men buni amalga oshirganimda jiddiy jismoniy va ruhiy muammolarga duch keldim. Men endi yana buni takrorlashim dargumon", deb aytdi rekordchi.

Avvalgi shunday rekord finlyandiyalik sportchi Teyem Virtanenga tegishli edi, u 21 soat davomida 433 km yo‘l bosib o‘tgandi. Fin o‘zining natijasini yangilash maqsadida bu marafon yurishini amalga oshirgan, biroq uni 22-soatda yakunlashga qaror qilgan.

Top