22:18 / 02.04.2016
1915

APL, 32-tur: "Arsenal", "Manchester Siti", "Chelsi" yirik hisobda g‘alaba qildilar va qolgan uchrashuvlar natijalari

Angliya Premer-ligasining 32-turida "Arsenal", "Manchester Siti", "Chelsi" o‘z raqiblarini bir xil – 4:0 hisobida mag‘lub etdilar.

"Arsenal" o‘z maydonida "Uotford"ni 4:0 hisobida tor-mor etdi. Gollarni Aleksis Sanches, Aleks Ayuobi, Ektor Belerin va Teo Uolkott kiritdilar.

Arsenal – Uotford – 4:0
Gollar: Sanches, 4 (1:0); Ayuobi, 38 (2:0); Belerin, 48 (3:0); Uolkott, 90 (4:0).

"Manchester Siti" ham xuddi shunday 0:4 hisobda mehmonda "Bornmut"ni yutdi. Gollarni Fernando, Kevin De Bryoyne, Serxio Aguero va Aleksandar Kolarov kiritdilar.

Bornmut – Manchester Siti – 0:4
Gollar: Fernando, 7 (0:1); De Bryoyne, 12 (0:2); Aguero, 19 (0:3); Kolarov, 90+3 (0:4).

"Chelsi" ham mehmonda 0:4 hisobida "Aston Villa"ni mag‘lub qildi. Gollarni Ruben Loftus-Chik, Aleshandre, Pedro Rodriges (dubl) kiritdilar.

Aston Villa – Chelsi – 0:4
Gollar: Loftus-Chik, 26 (0:1); Pato, 45+3 (0:2, pen); Rodriges, 46 (0:3); Rodriges, 59 (0:4).
Chetlatish: Xatton, 85 (Aston Villa).

Qolgan uchrashuvlar quyidagicha yakunlandi:

Norvich Siti – Nyukasl Yunayted – 3:2
Gollar: Kloze, 45+2 (1:0); Mitrovich, 71 (1:1); Mbokani, 74 (2:1); Mitrovich, 86 (2:2, pen); Olsson, 90+3 (3:2).

Vest Xem Yunayted – Kristal Pelas – 2:2
Gollar: Deleyni, 15 (0:1); Lansini, 18 (1:1); Payyet, 41 (2:1); Geyl, 75 (2:2).
Chetlatish: Kuyyate, 67 (Vest Xem Yunayted).

Stok Siti – Suonsi Siti – 2:2
Gollar: Afellay, 13 (1:0); Krkich, 53 (2:0); Sigurdsson, 68 (2:1); Paloski, 79 (2:2).

Sanderlend – Vest Bromvich Albion – 0:0

Top