Texnologiya | 23:31 / 02.04.2016
4702
3 daqiqa o‘qiladi

Apple kompaniyasi 40 yilligiga bag‘ishlab bosh idorada qaroqchilar bayrog‘i ko‘tarildi

Apple’ning Kupertinodagi bosh idorasiga kiraverishda bosh skeleti va suyaklar rasmi tushirilgan qaroqchilar bayrog‘i ilindi. Kompaniya bu bayroqning osilishining sababini 1 aprelda Apple o‘zining 40 yilligini nishonlaganida deb qayd etdi. 

Hazil kuni bo‘lishiga qaramay, Apple’ning ushbu aksiyasi haqiqat ekanligi tasdiqlandi. Bu qo‘rqinchli bayroqning turli burchaklardan olingan suratlari tarmoqlarda tarqalib ketdi. Apple vakillari Fortune jurnaliga bayroq chindan ham ilinganini tasdiqlashdi, biroq nima sababdan aynan bunday bayroq ilib qo‘yilgani sababini tushuntirishmadi.

1983 yilda Apple hali startap sifatida o‘z ishini boshlaganida kompaniyani byurokratiya egallab olayotgan bir vaqtda Stiv Jobs jamoada erkinlik ruhiyatini saqlab qolishga harakat qilgan. Bu haqida kompaniyaning sobiq xodimi Endi Xertsfeld eslab o‘tdi. Jobs Macintosh ustida ishlayotgan jamoani boshqargan vaqtda kompaniyaning ichki raqibi – Lisa loyihasiga qarshi o‘z xodimlarini chinakam jangda tetiklikka chorlaydi.

Shunday qilib, direktorlar kengashi raisi Jobsning uch hikmatli so‘zi paydo bo‘lgan:

1. Asl rassomlar natijaga erishadi (“Real artists ship”, xatar va qiyinchilikka qaramay mahsulot chiqishiga ishora qilib).
2. Dengiz otlari qatoriga qo‘shilgandan ko‘ra, qaroqchi bo‘lish afzalroq.
3. 1986 yil uchun kitob hajmidagi Mac.

1983 yili 80 kishidan ibort Jobs jamoasi yangi manzil – Brendli Drayvga ko‘chib o‘tganida, dasturchilar o‘zligi bilan ularni ajratib turuvchi belgi bo‘lishi uchun noodatiy narsani olib kelishadi. Dasturchi Stiv Keps o‘zi bilan bir necha qora mato qoldiqlarini olib keladi, Syuzan Ker esa unga oq bo‘yoq bilan “Quvnoq Rojyer” suratini tushiradi. Bosh skeleti ko‘ziga Applening logotipi bo‘lgan olma kamalak rangida bog‘ich ustiga tushirilgan.

Kechga yaqin yangi binoga ko‘chib kelinganida, dasturchilar Jobsdan berkitib, bayroq ustuniga qora matoni osib qo‘yishadi. Ular bu ish rahbarga qanday ta'sir etishini bilishmagan, biroq Jobsga bayroq manzur kelgan.

Brendli Drayv bosh ofisida osilib turgan bu bayroq ikki oycha osilib turgan. Lisa loyihasi dasturchilari bayroqni o‘g‘irlab ketishadi. Bundan xabar topgan Jobs jamoasi uni kuch bilan qaytarib olishadi va u bosh idorada bir yil davomida osilib turadi. Biroq noma'lum sabablarga ko‘ra, bayroq yana g‘oyib bo‘ladi.

2014 yilda Syuzan Ker afsonaviy bayroqning yana bir necha nusxalarini qo‘lda yaratdi va ularni hajmiga qarab 2250 dollardan 3250 dollargacha sotdi. 2016 yilning 1 aprel sanasida osilgan bayroq ana shu nusxalardan biri bo‘lishi tabiiy.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish