17:28 / 02.04.2016
1434

Armaniston prezidenti Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat sababli milliy xavfsizlik kengashining majlisini chaqirdi

Armaniston davlat rahbari Serj Sarkisyan tan olinmagan Tog‘li-Qorabog‘ respublikasidagi so‘nggi vaziyatlar tufayli, milliy xavfsizlik kengashining majlisini o‘tkazadi. Bu haqda, davlat rahbari matbuot xizmatida ma'lum qilishdi, deb xabar bermoqda «Novosti Armenii».

Matbuot xizmatining ma'lumotlariga ko‘ra, majlisda Ozarbayjon tomonidan Tog‘li Qorabog‘ chegaralarida keng qamrovli hujum harakatlarini amalga oshirilishi va ushbu holat bilan bog‘liq boshqa masalalar muhokama etiladi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, ozarbayjonlik va armanistonlik hamkasblari bilan muzokaralar o‘tkazgani xabar qilingan qilingan edi.

Top