Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armaniston TIV Ozarboyjonning Tog‘li Qorabog‘dagi harakatlarini qoraladi
Armaniston tashqi ishlar vazirligi Ozarbayjon harbiylarining tog‘li Qorabog‘ va Armaniston bilan chegaralari bo‘ylab keng qamrovli harbiy harakatlarni boshlab yuborganini keskin tanqid qildi. Bu haqda «Novosti Armenii» agentligi vazirlik bayonotiga tayangan holda xabar bergan.
«Bokuning muzokaralar jarayonini izdan chiqarishga qaratilgan bosqichma-bosqich siyosati, YeXHTning Minsk guruhi hamraisi bilan uchrashuvdan bosh tortishi, jangovar harakatlarni yangi kuch bilan boshlab yuborishi – navbatdagi muvaffaqiyatsiz tovlamachiliklaridan biridir», — deyiladi Bayonotda.
Vazirlikda qayd etilishicha, rasmiy Boku «jahon hamjamiyatining ziddiyatga tinch yo‘l bilan barham berish borasidagi chaqiriqlariga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lmoqda».
Oxirgi kunlarda, YeXHTning Minsk guruhi hamraisi, YeXHT ning amaldagi raisi, AQSh vitse-prezidenti, AQSh davlat kotibi kabi siyosatchilar tomonidan shunday chaqiriqlar yangragan edi.
«So‘nggi voqealar esa, Ozarbayjonning jahon hamjamiyatiga javobi qanday ekanini ko‘rsatmoqda», — deb qo‘shimcha qilishgan Armaniston TIVda.
«Bokuning keng qamrovli harakatlari, qo‘llayotgan aslahalar, nishonlarning tanlanishini inobatga olgan holda, aytish mumkinki, Ozarbayjon mintaqadagi vaziyatni izdan chiqarish niyatida ekanini ko‘rsatadi. Bu esa, rasmiy Bokuni tartibga keltirish uchun, xalqaro hamjamiyatni amaliy choralar ko‘rishga undashi kerakligini bildiradi», — deb qayd etilgan vazirlik bayonotida.
Bundan avval, Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatning jiddiylashuvi sababli, Armaniston va Ozarbayjon mudofaa vazirlari bilan telefon orqali muloqot o‘tkazgani xabar qilingan edi.