Jahon | 16:40 / 02.04.2016
1135
1 daqiqa o‘qiladi

Belgiya bosh vaziri Yevropada navbatdagi teraktlar amalga oshirilishi mumkinligini istisno etmadi

Belgiya bosh vaziri Sharl Mishel Yevropada, xususan Belgiyada navbatdagi teraktlar amalga oshirilishi ehtimoli haqida aytib o‘tdi. Bu haqda La Libre Belgique xabar tarqatgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropada, xususan Belgiyada yangi teraktlarga tayyorgarlik ko‘rishayotgan bo‘lishlari mumkin.

Bundan oldinroq, Belgiya IIV rahbariyati va kasaba uyushmalari Bryussel aeroportida xavfsizlik sharoitlarini ta'minlash borasida kelishuvga erishishgani haqida xabar berilgandi. Tez orada aeroport faoliyati yo‘lga qo‘yilishi aytilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish