Jahon | 15:01 / 02.04.2016
1381
2 daqiqa o‘qiladi

Belgiyadagi muhojirlar Yevropa qadriyatlarini qabul qilish to‘g‘risidagi qasamni imzolashlari shart

Belgiya hukumati Yevroittifoq davlatlaridan kelmagan muhojirlarga "Integratsiya qasamyodi" — mahalliy qadriyatlarni qabul qilish haqidagi hujjatni imzolashlarini shart qilib qo‘yadi. Bu haqida Reuters nashri hukumat vakilining so‘zlariga asoslanib xabar beradi.

Faqat shundan so‘nggina qochoqlar mamlakat hududida yashash huquqiga ega bo‘ladilar. Mazkur hujjatni Belgiyaga 3 oydan ortiq muddatga keladiganlar imzolashi lozim, talabalar bundan mustasno. Hujjatda muhojirlar terroristik aktlarni amalga oshiruvchi har qanday harakatga yo‘l qo‘ymaslikka hamda kutilajak hujumlar to‘g‘risida ma'lumot berishga yozma ravishda va'da beradilar. Belgiya parlamenti "muhojir hujjati" haqidagi taklifni yaqin oylarda qabul qilishi kutilmoqda, deb xabar beradi RIA Novosti.

"Ko‘pchilik Belgiyaga o‘z an'analariga ega bo‘lgan boshqa mamalakatlardan tashrif buyuradi. Agar ular shu yerda yashashni xohlasalar, u holda ular bizning qadriyatlarimizni qabul qilishlari haqidagi hujjatga imzo qo‘yishlari shart", dedi Belgiya davlat kotibi idorasining muhojirlar va boshpana masalalari bilan shug‘ullanuvchi vakili Loran Mutambay.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish