Jamiyat | 22:07 / 02.04.2016
1192
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyada mast holdagi narkodiler politsiyaga kokaini o‘g‘irlanganligini ma'lum qildi

23 yoshli britaniyalik Deniel Barker ikki noma'lum kimsa undan kokain o‘g‘irlab ketganidan so‘ng bu haqida politsiyaga xabar berdi. Ushbu voqea narkotik sotishda bir kelishuvga kelina olmaganlik sababli ro‘y berdi. 

Politsiya xodimlari Barkerdan "Yana kokain bormi?" deb so‘raganlarida, u "bor" deya to‘g‘risini aytib qo‘yaqoldi. Natijada Barker 2 yilga ozodlikdan mahrum etildi va 200 soatlik jamoat ishlariga mahkum qilindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish