Jahon | 23:19 / 02.04.2016
960
1 daqiqa o‘qiladi

Bryussel aeroporti o‘z ishini 3 aprel kuni davom ettiradi

Bryussel aeroporti o‘z ishini 3 apreldan davom ettirishni boshlaydi, xabar beradi Reuters. Qayd etilishicha, aeroport o‘z ishini qisman boshlaydi. 

22 mart kuni Bryusselda uchta portlash: ikkitasi aeroportda va bittasi metroda sodir etilgandi. Terakt oqibatida 30 ga yaqin odam halok bo‘lgan, 300 ga yaqin kishi jarohat olgandi. Teraktlar uchun javobgarlikni “Islom davlati” terroristik guruhi o‘z zimmasiga olgan.

Avvalroq Belgiya bosh vaziri Sharl Mishel butun Yevropada, xususan, Belgiyada ham yangi teraktlar sodir etilishi ehtimoli borligini ta'kidlagan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish