18:02 / 02.04.2016
1394

"Formula-1" poygachisi Rosberg cho‘kayotgan bolani qutqardi

"Mersedes"ning germaniyalik poygachisi Niko Rosberg cho‘kayotgan bolani suvdan olib chiqdi, deb xabar beradi Autosport.

Manba voqeaning ikki hafta avval Monakoda yuz berganligini ma'lum qildi. Poygachi qirg‘oqda sayr qilayotib, 5 yoshli bolaning suvga qulayotganining guvohi bo‘lgan. Rosberg o‘zini suvga tashlagan va bolani qirg‘oqqa olib chiqqan.

Poygachining o‘zi voqeani izohlashdan bosh tortdi, biroq sportchining menejyeri sodir bo‘lgan voqeani tasdiqladi.

Top