Jahon | 00:50 / 02.04.2016
1781
1 daqiqa o‘qiladi

"Gazprom" Qirg‘iziston uchun tabiiy gaz narxini tushirdi

"Gazprom" kompaniyasi Qirg‘iziston uchun tabiiy gaz narxini tushirdi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidentining saytida ma'lum qilindi.

Bundan "Gazprom" boshqaruvi raisi Aleksey Miller Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayevni telefon orqali suhbatda xabardor qildi.

Xabarda aytilishicha, 1000 kub metr tabiiy gaz narxini 165 dollardan 150 dollarga tushirishga qaror qilingan. Bu o‘zgarishlar 2016 yilning 2-choragidan kuchga kiradi.

Telefon suhbatida, shuningdek, Qirg‘iziston hududida "Gazprom" ishtirokida amalga oshirilayotgan ikki tomonlama loyihalarning holati va istiqbollari muhokama qilindi.