22:56 / 02.04.2016
1322

Ilhom Aliyev Qorabog‘ ixtilofini tartibga solish bo‘yicha sa'y-harakatlarni davom ettirishga va'da berdi

Ozarbayjon tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ bilan ixtilofni tartibga solish bo‘yicha sa'y-harakatlarni davom ettirishga va'da berdi, deb xabar bermoqda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bayonotiga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.

"Afsuski, Armaniston bosib olgan hududlarni ozod qilish uchun shartlar qo‘yib keladi. Biz ixtilofni tinchlik bilan tartibga solish bo‘yicha sa'y-harakatlarni davom ettiramiz. Biroq ixtilof Ozarbayjonning hududiy yaxlitligi asosidagi yechimini topishi kerak", deb aytdi Aliyev AQShdagi yadroviy xavfsizlik bo‘yicha sammitda.

Avvalroq Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi boshlig‘i Federika Mogerini Tog‘li Qorabog‘ Respublikasidagi vaziyatdan xavotir bildirgandi va ixtilofning barcha tomonlarini tinchlikni buzishni zudlik bilan bas qilishga chaqirgandi.

Top