16:57 / 02.04.2016
1433

Klaudio Raneri: «Agar futbolchilarim o‘zi haqida ko‘proq o‘ylay boshlasa, men ularning boshida bolg‘a o‘ynataman»

«Lester» jamoasi bosh murabbiyi Klaudio Raneri o‘zining futboldagi uslublaridan yana biri haqida aytib berdi.

«Futbol – ochiq o‘yin. U shunchaki to‘pga egalik qilish va o‘zaro to‘p uzatishlardan iborat emas. Biz ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yamiz, chunki soatiga 100 mil tezlikda harakatlanib o‘ynaymiz.

Istalgan kishi xato qilishi mumkin. Qancha xato qilish emas, vaziyatlar yaratish va gollar urish muhimdir bu o‘yinda. Mening falsafam shunday.

Biz uchun «Barselona» va «PSJ» jamoalari ishtirok etadigan turnirda bo‘lish qiziq, hozirda jamoa yevrokuboklar uchun yo‘llanma oladigan darajada va biz YeChL uchun harakat qilmoqdamiz. Istaymanki, futbolchilar vaziyatni to‘g‘ri tushunishlari kerak, bizning jamoadagilar Yevropa maydonlariga chiqmagandi. Endi o‘zimizni katta klublar kabi his qila boshlashimiz kerak.

Lekin men agar futbolchilarim o‘zlari haqida jamoadan ko‘ra ko‘proq o‘ylay boshlashsa va o‘zlarining ahvoli yetarli darajaga chiqib bo‘lgan deya xulosa qilishsa, men bolg‘ani olamanda, ularning boshida aylantirishni boshlayman. Axir bizda o‘zgarishlar davri kelmoqda», – deydi Raneri.

Raneri: «Qolishdan norozi bo‘ladigan futbolchini ushlab o‘tirmaymiz. Biz baxtiyorlar jamoasi bo‘lishimiz kerak»

Top