10:08 / 02.04.2016
1613

Messi Obamaning qizlariga imzosi tushirilgan futbolka sovg‘a qildi

«Barselona»ning argentinalik futbolchisi Lionel Messi o‘z imzosi tushirilgan Argentina terma jamoasining futbolkasini AQSh prezidenti Barak Obamaning qizlari bo‘lgan muxlisalariga sovg‘a sifatida yubordi.

Bu futbolkaga prezidentning katta qizi Maliyaning nomi tushirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Obama mart oyida Argentinaga safar qilgan, chiqishlaridan birida qizlari Maliya va Sasha futbol muxlislari ekani, ular Argentina terma jamoasi sardori Messi bilan uchrashishni istashi, lekin haligacha bu uchrashuvni tashkillashtira olmaganini aytib o‘tgandi.

Keyinroq, Messi Obamaning kamtarinligidan hayron bo‘lgani, aksincha o‘zi uchun bu muxlislari bilan uchrashish sharaf bo‘lishini aytib o‘tgandi.

Obama qizlari Messi bilan tanishishni istayotgani haqida aytdi

Lionel Messi: «Men uchun Obama va uning qizlari bilan uchrashish katta sharaf bo‘lardi»

Top