Texnologiya | 22:03 / 02.04.2016
1545
2 daqiqa o‘qiladi

Millionlab iPhone va iPad’larga tegishli zaiflik topildi

Check Point mutaxassislari iOS 9.3 operatsion tizimida millionlab iPhone va iPad’larga xavf tug‘diruvchi zaiflikni aniqlashdi. Bu haqida Check Point kompaniyasi o‘z hisobotida xabar berdi

SideStepper deb nomlanuvchi zaiflik korporativ qurilmalarning xavfsizligini ta'minlash maqsadida kiritilgan yaxshilash choralariga taalluqli.

Tizimning so‘nggi yangilanishi korporativ dastur asoschisining sertifikatiga ishonch tasdig‘ini olish uchun telefon sozlamasidagi bir necha shartlarni amalga oshirishni o‘z ichiga oladi. Bu kabi ko‘shimcha himoya zararli dasturiy ta'minot telefonlariga ulanishni qiyinlashtiradi.

Biroq xakerlar korporativ tizim boshqaruvining maxsus buyruqlariga taqlid qilish yo‘lini o‘ylab topishdi. Ular bu usul bilan mobil tarmoq orqali zararli dasturlarni o‘rnatishga imkon topishdi.

Potentsial zaiflik millionlab qurilmalar uchun havf tug‘dirishi mumkin. Zararlangan dasturlar fishing orqali o‘rnatilib qolinishi mumkin. Gadjyet egasiga link berilgan sms-xabar keladi, unga kirilganda esa o‘z-o‘zidan telefon zararlanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish