16:26 / 02.04.2016
1578

Qorabog‘ga kirib kelgan Ozarbayjon harbiylarining bir qismi yo‘q qilingan

Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi Mudofaa vazirligi Ozarbayjon harbiylari bilan yuz bergan to‘qnashuv va unda ikki tomondan berilgan qurbonlar haqida ma'lum qildi.

"Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi Mudofaa vazirligidan olingan ma'lumotga ko‘ra, Levonarx aholi turarjoy punktida respublika armiyasining maxsus qismlari Ozarbayjon tomonidan kiritilgan desant guruhi bilan to‘qnashgan va ularni chekintirgan", deyiladi Armaniston Mudofaa vazirligi bayonotida.

Xabar qilinishicha, to‘qnashuvlar davomida ozarbayjonlik harbiylarning bir qismi yo‘q qilingan.

Harbiy harakatlar davom etayotgani ta'kidlangan.

Bundan oldinroq, Boku Armaniston tomonini ig‘vo tarqatishda ayblab chiqqandi. Ozarbayjon tomoni ma'lumotiga ko‘ra, dastlab armanlar hujumga o‘tgan, ozarlar esa javob zarbalarini amalga oshirgan.

Top