12:54 / 02.04.2016
1416

Rasmiy Boku ozarbayjonliklar vertolyoti Armaniston tomonidan urib tushirilganini tasdiqlamadi

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi mamlakat Harbiy-havo kuchlariga tegishli vertolyot armanistonlik harbiylar tomonidan urib tushirilgani haqidagi ma'lumotni inkor qildi. Bu haqda «Interfaks-Azerbaydjan» nashri xabar tarqatgan.

«Ozarbayjon HHKga tegishli vertolyot urib tushirilgani haqidagi ma'lumot to‘g‘ri emas. Bu g‘irt yolg‘on. Barcha harbiy-texnik va aviatsiya vositalari o‘z joyida turibdi. Bu armanlarning navbatdagi ig‘vosi», — deyiladi xabarda.

Mudofaa vazirligi xabarida yaqin vaqt ichida front chizig‘idagi vaziyat to‘g‘risida rasmiy ma'lumot berilishi aytilgan.

Bundan oldinroq, Armaniston Mudofaa vazirligi vakili, 2 aprelga o‘tar kechasi Ozarbayjon tomonidan Armaniston bilan nizoli Tog‘li Qorabog‘ hududida artilleriya, zirhli texnika va aviatsiya orqali bir necha yo‘nalishlarda zarbalar berilganini ma'lum qilgan, qarshi hujum natijasida ozarlarning vertolyoti urib tushirilgani haqida aytgandi.

Top