15:24 / 02.04.2016
4278

Toshkent viloyatida “Kim edigu kim bo‘ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” shiori ostidagi yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 1 martidan boshlab, targ‘ibot tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Madaniy-ma'rifiy va targ‘ibot ishlarini tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari rejasi” ijrosini doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tashabbusi bilan Oliy va o‘rta maxsus ta'lim, Xalq ta'limi vazirliklari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi, “O‘zbekkino” milliy agentligi, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi, “O‘zbekteatr” ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi, Yoshlar madaniyat va san'at markazi hamkorligida tashkil etilmoqda.

“Kim edigu kim bo‘ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” mazmunidagi targ‘ibot tadbirlari o‘quvchi va talaba yoshlarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash, ularning ongi va qalbini mafkuraviy, ma'naviy va axborot tahdidlaridan ishonchli himoya qilish, ularda g‘oyaviy immunitet va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish maqsadida Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Yoshlar madaniyat va san'at markazi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda, Toshkent viloyatida o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etish uchun Respublikadagi taniqli shoir, yozuvchi va yosh olimlar, kino va teatr aktyorlari, san'atkorlar va estrada xonandalari hamda “Nihol” mukofoti sovrindorlaridan iborat targ‘ibotchilar guruhlari 28 mart kuni erta tongdan Toshkent viloyatining Angren, Olmaliq, Chirchiq va Bekobod tuman va shaharlarining umumta'lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy ta'lim muassasalariga yo‘l oldilar.

Targ‘ibot guruhlari vakillari milliy qadriyatlarimiz, madaniy merosimiz, ularning jamiyatda va har birimizning hayotimizda tutgan o‘rni, turli diniy-ekstremistik oqimlarga ko‘r-ko‘rona kirib ketishning salbiy va ayanchli oqibatlari, farzandlarning o‘z ota-onalari va Vatani oldidagi burchlari, kasb va hunarga ega bo‘lishning ahamiyati to‘g‘risida, vatanparvarlik, mehr-oqibat, yurtga sadoqat kabi mavzularda fikrlar bilan o‘rtoqlashishni maqsad qilganlar.

Top