20:41 / 02.04.2016
1876

Turkmanistonda avtomobil yuk tashuvlarining qoidalari tasdiqlandi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov avtomobil yuk tashuvlarining qoidalarini tasdiqladi, deb aytilmoqda hukumat xabarida. 

Hujjat Vazirlar mahkamasining yig‘ilishida imzolandi. Turkmaniston prezidenti yig‘ilishda Turkmanistonning yirik xalqaro logistika markazlaridan biri sifatida tan olinishi maqsadida yuk avtotashishlar hajmini ko‘paytirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish zarurligiga e'tibor qaratdi.   

Bu ma'noda davlat rahbari davlat va xalqaro ahamiyatdagi avtotrassalar, tegishli yo‘l infratuzilmasi qurishning ahamiyatini alohida ta'kidlab o‘tdi. Bu Turkmaniston orqali xorijiy davlatlar tranzit avtotransporti oqimini oshirishga imkon beradi.

Ashxobodda Markaziy Osiyo uchun Turkiyaga chiquvchi modal shosse qurish imkoniyatlari muhokama qilinmoqda.

Turkmaniston Yevropa-Kavkaz-Osiyo (TRASeKA) dasturining faol hamkori va ishtirokchisi sifatida chiqmoqda.

Turkmaniston tomonidan taklif qilingan "O‘rta Osiyo-Yaqin Sharq" (O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron-Ummon) yangi transport koridori loyihasi yaxshi o‘rnak bo‘lib xizmat qiladi.  

Ekspertlarning fikricha, Turkmaniston Yevrosiyo qit'asining barcha kengliklarida barcha transport turlari – temir yo‘l, havo, dengiz va avtomobildan samarali foydalanish imkoniyatiga bilan davlatlararo aloqalarni samarali rivojlantirishga ko‘mak beruvchi yirik xalqaro transport-tranzit markazi bo‘lishi mumkin.

BMT Bosh assambleyasi yaqinda Ashxobod tomondan tranzit transport koridorlari yaratish taklif qilingan rezolyutsiyani qabul qildi. Bu rezolyutsiya mintaqalararo transport koridorlari bo‘ylab yuk tashishlar uzluksiz zanjirini tuzish bo‘yicha barcha transport turlari o‘zaro harakatlari uchun asos yaratadi.

Top