10:53 / 02.04.2016
1302

«Vest Hem» Yaya Ture uchun 20 mln funt berishga tayyor

«Manchester Siti» jamoasi yetakchilaridan biri, jamoa bilan shartnomani uzaytirishidan umid qilmayotgan va 1 yildan keyin erkin agentga aylanishi mumkin bo‘lgan Yaya Ture «Vest Hem» jamoasidan taklif oldi.

Brentwood Gazette xabariga ko‘ra, londonliklar klubi ushbu 32 yoshli ivuarlik uchun 20 million funt to‘lashga tayyor.

Joriy mavsumda futbolchi Angliya chempionati doirasidagi 26 o‘yinda ishtirok etdi va 6 gol urib, 5ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Biroz oldinroq, Turening agenti rahbariyat mijoziga yangi shartnoma taklif etmayotgani va endilikda u uchun yangi jamoa axtarishga kirishishini bildirgandi.

Qolaversa, mavsum yakunida jamoaga bosh murabbiy bo‘lib keladigan Xosep Gvardiolaning Ture bilan munosabatlari yaxshi emas, aynan shu tufayli futbolchi bir necha yillar oldin «Barselona»ni tark etib, Angliyaga yo‘l olgandi. Keyingi mavsumda uning o‘rniga jamoaga Pol Pogba olib kelinishi mumkin.

«Manchester Siti» kelgusi mavsumda Gvardiolaga kerak bo‘lmagan futbolchilarni sotuvga qo‘ya boshladi

Top