Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 09:44 / 02.04.2016
1352
1 daqiqa o‘qiladi
Vetnam parlamenti yangi davlat rahbarini sayladi
Vetnam sotsialistik respublikasi prezidenti lavozimini, Milliy majlis deputatlari ovozi sanalgandan so‘ng, sobiq jamoat xavfsizligi vaziri general Chan Day Kuang egallagan. Bu haqda Associated Press xabar berdi.
60 yoshli general nomzodini mamlakat parlamentining 91 foiz deputati qo‘llab quvvatlagan.
Ovoz berish natijalari e'lon qilingach, prezident o‘z vazifasiga kirishishdan avval, Kommunistik partiya va Vetnam xalqiga sodiq qolishiga tantanali ravishda va'da bergan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish