Iqtisodiyot | 11:06 / 03.04.2016
3249
2 daqiqa o‘qiladi

Bank of America dunyo mamlakatlarining asosiy eksport mahsulotlarini ko‘rsatuvchi xarita yaratdi

Bank of America dunyo mamlakatlarining asosiy eksport mahsulotlarini ko‘rsatuvchi xarita yaratdi

Bank of America Merrill Lynch har bir mamlakatning bosh eksport mahsuloti ko‘rsatilgan dunyo xaritasini tuzib chiqdi, deb xabar beradi Business Insider.

Xaritadagi ma'lumotlar  World Factbook Markaziy razvetka boshqarmasi axborotnomasining 2014 yildagi holatiga asoslab olingan. Turli mamlakatlardagi eksport mahsulotlarini ularning rangiga qarab guruhlarga bo‘lib chiqilgan, ular orasida quyidagilar ajralib turadi: “neft”, “oziq-ovqat/ichimliklar”, “metallar/minerallar”, “to‘qimachilik/kiyim-kechak”, “qimmatbaho metallar/minerallar”, “mashinasozlik/transport”, “yog‘och mahsulotlari”, “elektronika” va “boshqalar”.

Eng yirik guruh “Neft va neft mahsulotlari” bo‘lib, ular ichiga Rossiya, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, Afrika va Janubiy Amerika mamlakatlari kiradi. AQSh va Xitoyning asosiy eksporti elektron mahsulotlar hisoblanadi.

Yevropa, Kanada, Braziliya va Yaponiya davlatlarini asosiy eksport mahsulotlari esa xarita kiritgan ma'lumotga ko‘ra mashinasozlik bilan bog‘liq.