08:23 / 03.04.2016
1255

BMT bosh kotibi Tog‘li Qorabog‘dagi qurolli ixtilofni zudlik bilan to‘xtatishni talab qildi

BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Qorabog‘dagi qurolli ixtilof tomonlarini Tog‘li Qorabog‘ Respublikasidagi vaziyatning yanada avj olmasligi uchun zudlik bilan choralar qabul qilishga chaqirdi, deb xabar bermoqda "Interfaks" axborot agentligi.  

"Bosh kotib ixtilofga aloqasi bo‘lgan barcha tomonlarni barcha qurolli harakatlarga zudlik bilan chek qo‘yishga, o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni to‘liq hajmda bajarishga va vaziyatning avj olmasligi uchun zudlik bilan choralar qabul qilishga chaqirmoqda", deyilmoqda bosh kotib bayonotida.

Ta'kidlanishicha, Pan Gi Mun og‘ir qurol-aslaha qo‘llanayotgani hamda katta sondagi, shu jumladan tinch aholi orasida qurbonlar borligi haqidagi xabarlardan xavotirlanmoqda.

Tog‘li Qorabog‘da 2 aprelga o‘tar kechasi keskin to‘qnashuvlar boshlandi. Armaniston Ozarbayjon armiyasi butun chegara bo‘ylab artilleriya, tank va aviatsiya qo‘llagan holda hujum boshlaganini aytgan. Bokuda bo‘lsa hujumlar Armaniston tomondan aholi yashaydigan hududlar o‘qqa tutilgandan keyin boshlangani aytilmoqda.

Top