09:43 / 03.04.2016
1363

Erdo‘g‘an: G‘arb Anqara terrorchilar deb tan olganlarni ozodlikka qo‘yib yubormoqda

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an G‘arb davlatlari Anqara terrorchilar deb tan olgan va ular haqida ma'lumot bergan shaxslarni ozodlikka qo‘yib yubormoqda, deb hisoblamoqda. Erdo‘g‘an bu fikrni 2 aprelda Merilend shtatidagi yangi masjid ochilishi marosimida aytib o‘tdi. AQSh OAVlari fikricha, bu masjid AQShdagi eng katta musulmon markazi bo‘ldi.

"Biz terrorchilik bilan 35 yildan ko‘proq vaqt kurashib kelamiz. Terrorchilar harakatlari tufayli biz 40 mingga yaqin odam yo‘qotdik. G‘arb shunga qaramasdan, biz terrorchi deb tan olganlarni qo‘yib yubormoqda. Bryusselda terakt uyushtirgan kimsa biz Belgiya hukumatiga u haqda ma'lumot bergan terrorchi edi", deb aytdi Erdo‘g‘an.

Erdo‘g‘an, shuningdek, Belgiya ekstremist haqida ma'lumot olgandan keyin hech qanday harakat amalga oshirmaganini ta'kidlab o‘tdi. Turkiya prezidenti Parij va Bryusseldagi teraktlarni Pokiston va Turkiyadagi hujumlar bilan "taqqoslab bo‘lmasligi"ni aytdi.

Avvalroq Erdo‘g‘an turk rasmiylari Bryusselda terakt uyushtirgan terrorchilardan biri Ibrohim Bakraviyni 2015 yil iyulda mamlakatdan deportatsiya qilinganini ma'lum qilgandi. "Bryusseldagi terrorchilardan biri biz G‘aziantepada qo‘lga olgan kimsa bo‘lgan. 2015 yil 14 iyulda uni deportatsiya qilishni boshlaganmiz. Biz deportatsiya haqida Belgiya elchixonasini xabardor qilganmiz. Belgiyaliklar esa bu odamni qo‘yib yuborishgan. Bizning bu odam jangarilarning xorijiy yollanma odami ekanligi haqidagi ogohlantirishimizga qaramasdan, Belgiya bunday aloqa borligini o‘rnata olmagan", deb aytgandi Erdo‘g‘an. Erdo‘g‘anning aytishicha, shundan keyin "ushlangan terrorchining istagi bilan u Gollandiyaga deportatsiya qilingan".

Top