19:02 / 03.04.2016
1408

Ilhom Aliyev: Boku urush istamaydi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Boku urush emas, aksincha Tog‘li Qarbog‘ nizosini tinch yo‘l bilan hal etish tarafdori ekanligini ma'lum qildi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda. U bu haqda mamlakat xavfsizligi kengashi majlisida gapirib o‘tgan.

“Biz bu muammoni ijobiy hal etishga harakat qilyapmiz. Yana bir bor qaytaraman: Ozarbayjon urush tarafdori emas, ammo biz adolat tarafdorimiz, o‘z haqimizni talab etish huquqimiz bor. Biz ziddiyatni tinch yo‘l bilan hal etish tarafdorimiz”, — deb o‘tgan prezident.

Top