23:30 / 03.04.2016
1525

Marsyalning goli "Manchester Yunayted"ga "Everton" ustidan g‘alaba olib keldi

Angliya Premer-ligasining 32-turida "Manchester Yunayted" o‘z maydonida "Everton"ni minimal hisobda mag‘lub etdi.

Uchrashuvdagi yagona to‘pni 54-daqiqada Antoni Marsyal kiritdi: Markus Reshford tovoni bilan Timoti Fosu-Mensaga to‘pni uzatib berdi, u esa o‘z navbatida raqib darvozasi bo‘ylab Marsyalga to‘pni oshirib berdi va Marsyal yaqin masofadan darvozaga to‘pni yo‘llashda adashmadi.

"Manchester Yunayted" 53 ochko to‘plab, 5-o‘rinni, "Everton" esa 38 ochko bilan 12-o‘rinni egallamoqda.

Angliya Premer-ligasi, 32-tur
Manchester Yunayted – Everton – 1:0
Gol: Marsyal, 54 (1:0).

Top