Jahon | 11:40 / 03.04.2016
1472
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Iroqda IShID turmasidan 1500 kishi ozod qilindi

Iroq xavfsizlik kuchlari Iroqning Anbar viloyatidagi Xut shahrida IShIDga tegishli bo‘lgan turmadan 1,5 ming kishini ozod qildi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Ma'lum qilinishicha, iroqlik harbiylar IShID tomonidan nazorat qilinuvchi yer osti turmasini aniqlashgan. Unda ushlab turilgan odamlar asosan tinch aholi vakillari bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, ularning barchasi ozod etildi.