21:29 / 03.04.2016
2159

Ozodbek Nazarbekovning konsertiga sotilayotgan qalbaki taklifnomalardan ogoh bo‘ling!

Joriy yilning 10-20 aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan Ozodbek Nazarbekovning «Mehring sabab...» nomli konsert dasturiga qalbaki chiptalar tarqalmoqda. Bu haqida YouTubega ogohlantiruv videosi joylashtirildi.

Unga ko‘ra, qalbaki taklifnomalarda chipta qog‘ozi juda ham yuqa bo‘lib, qator va joy raqami qo‘lda ruchka bilan yozilgan. Haqiqiy taklifnomada maxsus galagramma mavjud bo‘lib, son va joy raqamlari esa bosma yozuv orqali tushirilgan.

Shuningdek, videoda bu taklifnomalar faqatgina tarqatilishi, kassalarda sotilmasligi qayd etib o‘tilgan.

Top