Jahon | 18:11 / 03.04.2016
2009
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Mudofaa vazirligi binosidagi ochiq olov bartaraf etildi

Moskva markazida joylashgan Rossiya mudofaa vazirligi binosidagi ochiq olov o‘chirildi, deb xabar bermoqda “RIA “Novosti”. Bu haqda vazirlik rasmiy vakili Igor Konashenkov ma'lum qilgan.

“Binodagi ochiq olov FVV xodimlari tomonidan bartaraf etildi. Ayni damda yong‘inni butunlay o‘chirish ishlari davom etmoqda”, — deb ma'lum qilgan u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yong‘inni o‘chirishga kuchli shamol va qavatlardagi yog‘ochlar halaqit qilmoqda.