08:07 / 03.04.2016
1321

Zidan Shusterdan keyin ilk klasikosini yutgan "Real"ning birinchi murabbiyi bo‘ldi

Ispaniya chempionatining 31-turida "Real" mehmonda "Kamp Nou" stadionida "Barselona"ni 1:2 hisobida mag‘lub etdi.

"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan Berndr Shusterdan (2007/08 yillardagi mavsum) keyin ilk klasikosini yutgan birinchi murabbiy bo‘ldi.

Shusterdan keyin "Real"ga Xuande Ramos, Manuel Pellegrini, Joze Mourino, Karlo Anchelotti va Rafael Benites murabbiylik qilgan, lekin ularning birortasi bu natijaga erisha olmagandilar.

Top