Jamiyat | 20:02 / 04.04.2016
1152
1 daqiqa o‘qiladi

20 yoshli novosibirlik mahbus pasportiga Arkadiy Ukupnik qo‘shig‘idan parcha yozib qo‘ygani aniqlandi

Rossiyaning Novosibir viloyatida sud qilingan 20 yoshli jinoyatchining pasportida taniqli qo‘shiqchi Arkadiy Ukupnikning mashhur qo‘shig‘idan iqtibos yozib qo‘yilgani aniqlandi.

FlashSiberia nashri xabariga ko‘ra, u pasportning "Oilaviy holati" haqidagi qismiga "Ya na tebe nikogda ne jyenyus, ya luchshe s'yem pered ZAGSom svoy pasport" so‘zlarini yozib qo‘ygan.

Toguchinsk tumanidagi qamoqxonada hukmni ijro etayotgan bu mahbus aynan qaysi jinoyati uchun qamalgani oshkor etilmagan.

Ayni vaqtda uning pasporti almashtirish uchun tegishli joyga yuborilgan.

Migratsiya xizmati ma'lumotiga ko‘ra, bu pasport almashtirib beriladi, uning egasiga 300 rubl jarima qo‘llanadi. Shuningdek, 1,5 ming rubl davlat hisobiga to‘lanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish