19:21 / 04.04.2016
1862

Amerikalik olimlar uyda dori ishlab chiqarishga imkon beruvchi moslama taqdim etishdi

Massachusets texnologik instituti tadqiqotchilari dala sharoitlarida ham dori vositalarini ishlab chiqaruvchi olib yurish mumkin bo‘lgan moslama yaratishdi. Tadqiqot to‘liq holida Science jurnalida, qisqacha holda esa RNS’da chop etildi.

Moslamaga “Talabga ko‘ra dorixona” (Pharmacy on Demand) nomi berildi. Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, moslama 1 kunda dori vositalarining minglab dozalarini ishlab chiqara oladi. Uning hajmi sovutkich hajmidan oshmaydi va zarurat tug‘ilganda uni osongina bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish mumkin.

“Yangi moslamani yaratishdan maqsad an'anaviy dori ishlab chiqarishning o‘rnini bosish emas, alohida holatlar uchun sharoit yaratishdir”, - deydi kimyo muhandislik kafedrasi professori Allan Mayyerson.

“Talabga ko‘ra dorixona”ning yana bir afzalligi shunda-ki, unda kamdan-kam bemorlar uchun zarur, biroq yirik kompaniyalar uchun ishlab chiqarish o‘ta qimmatga tushadigan kam miqdordagi preparatlarni yasash mumkin.

Ayni paytda “Talabga ko‘ra dorixona” eritma va suspenziya ko‘rinishidagi to‘rtta dori vositasini ishlab chiqara oladi. Moslamada sovutish tizimining borligi undan uy sharoitida foydalanganda ham xavf tug‘dirmaslikka kafolat beradi.

Top