18:49 / 04.04.2016
1713

Antonio Konte: «Shartnoma haqida hozir e'lon qilinganidan xursandman»

Antonio Konte o‘zining «Chelsi» bilan 3 yillik shartnoma imzolagani haqidagi xabar e'lon qilinganiga munosabatini bildirib o‘tdi.

«Men «Chelsi»da ish boshlashimni o‘ylab biroz to‘lqinlanmoqdaman. Men hozir milliy terma jamoa bosh murabbiyiman va bundan faxrlanaman. Bu o‘rindagi tajriba orqali «Chelsi» jamoasida ishlashim oson bo‘ladi.

Men londonliklar jamoasida faoliyat ko‘rsatuvchi barcha bilan hamda premer-ligadagi raqiblar bilan uchrashishimizni sabrsizlik bilan kutaman. «Chelsi» va ingliz futbolini hamisha kuzatib kelganman va bu mamlakatdagi muxlislarning qanday ehtirosli ekanliklarini yaxshi bilaman. Menda Italiyada erishgan muvaffaqiyatlarimga Angliyadagi yutuqlarimni qo‘shib qo‘yish ishtiyoqi bor.

Men o‘zaro shartnomamiz haqida hozirdanoq e'lon qilinganidan xursandman. Endi barcha bu haqda biladi va turli taxminlarga chek qo‘yiladi. Men Italiya terma jamoasida bor diqqat-eʼtiborim bilan ishlashda davom etaman. Endi «Chelsi» haqidagi masalalarga Yevropa chempionatidan keyin qaytamiz», – deydi Konte.

Eslatib o‘tamiz, Konte bugun «Chelsi» bilan 3 yillik shartnoma tuzdi.

U 3 yil davomida 20 million yevro miqdorida maosh oladi.

Top