19:41 / 04.04.2016
1340

Boku Yerevanga o‘t ochishni to‘xtatish uchun o‘z shartlarini ilgari surdi

Ozarbayjon mamlakat hududiy yaxlitligini tiklash va ozod etish bo‘yicha Armanistonga o‘z talablarini bildirdi, deya xabar qilmoqda RIA “Novosti” agentligi. 

Bu haqda Ozarbayjon tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Hikmet Gajiyev bayonot bergan.

“Ziddiyatga barham berilishi uchun, BMT Xavfsizlik kengashining rezolyutsiyasiga ko‘ra, Armaniston qurolli kuchlari bosib olgan hududlarini tark etishi, xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan Ozarbayjon suvereniteti va hududiy yaxlitligini qayta tiklashi lozim”, — degan Gajiyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, arman tomoni, Qorabog‘dagi aholi turar-joylarini o‘qqa tutishda davom etmoqda.

Bundan avvalroq, Armaniston rahbari Serj Sargsyan, Ozorbayjonni tog‘li Qorabog‘da harbiy harakatlarni to‘xtatmayotganlikda ayblagan edi.

So‘nggi kunlarda mazkur mintaqada yuz berayotgan qurolli to‘qnashuvlar oqibatida, 4 nafar tinch aholi vakili hayot bilan vidolashgan.

Top