Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldino Peruning ikkinchi divizionida to‘p suradi
Ispaniyaning "Barselona" va Braziliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Ronaldino futbolchilik faoliyatini Peruda davom ettiradigan bo‘ldi. U mamlakat ikkinchi divizionining "Sensiano" jamoasida to‘p suradi. Bu haqda, jamoaning Facebook’dagi sahifasida ma'lum qilingan.
Ammo, unda 36 yoshli futbolchi bilan tuzilgan shartnoma muddatiga oydinlik kiritilmagan.
Braziliyalik futbolchi bir paytlar PSJ, "Barselona" va "Milan" jamoalari sharafini himoya qilgan. Ispaniyada to‘p surgan vaqtlarida Ronaldino ikki marotaba (2005, 2006) chempion bo‘lgan. U shuningdek, 2011 yili Italiyada "Milan" jamoasi bilan g‘olib chiqqan. Shuningdek, "Barselona" safida 2006 yilda Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan. 2005 yilda esa, Yevropaning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan.
U Braziliya termasi tarkibida 2002 yili jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. Milliy terma uchun o‘tkazgan jami 96ta o‘yinida 33ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.