21:38 / 04.04.2016
1544

Erdo‘g‘an: Tog‘li Qorabog‘ Ozarbayjonniki bo‘lishi kerak

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Anqara Tog‘li Qorabog‘ masalasida Bokuni to‘liq qo‘llab-quvvatlashi haqida ma'lum qildi. Bu haqda TASS agentligi xabar bergan.

Turkiya prezidenti o‘z do‘sti bo‘lmish Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyevga o‘tgan kunlar davomida ro‘y bergan qurolli to‘qnashuvlar vaqtida halok bo‘lgan ozarbayjonliklar uchun hamdardlik izhor qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya hamisha Ozarbayjon tomonida bo‘ladi va Qorabog‘ masalasida bu davlatni qo‘llab-quvvatashda davom etadi.

"Biz Qorabog‘ning okkupatsiya qilinishidan tashvishdamiz va bu mojarolar tufayli halok bo‘lganlarning yaqinlari dardini his qilamiz. Men shuni aytishim kerakki, Tog‘li Qorabog‘ albatta Ozarbayjonniki bo‘lishi kerak", deydi u.

Top