22:21 / 04.04.2016
5301

Farg‘ona viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

Farg‘ona viloyatiga yangi prokuror sifatida Muzaffar Abdurahmonov tayinlangan. Bu haqdagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘i 2016 yil 31 martida chiqarilgan.

"O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga muvofiq adliya maslahatchisi Abdurahmonov Muzaffar Mamurovich O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va «Prokuratura to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan Farg‘ona viloyati prokurori etib 5 yil muddatga tayinlandi va mazkur prokuratura hay'ati raisi etib tasdiqlandi", deyiladi O‘zbekiston bosh prokuraturasi saytida.

Bungacha Abdurahmonov Muzaffar Namangan viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan. U biroz oldinroq, Farg‘ona viloyatining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan Bahodir Po‘latovning o‘rnini egalladi.

Top