Texnologiya | 16:44 / 04.04.2016
1553
2 daqiqa o‘qiladi

Intelligent Energy vodorod yoqilg‘isida uzoq ucha oladigan dronlarni yaratdi

Hozirgi kunda dronlar o‘yin-kulgi uchun mashhur qurilmalardan biri hisoblanadi va kundan kunga boshqa ko‘plab sohalarda ham ko‘llanilishi ko‘paymoqda. Ammo ularning uzoq ucha olmasligi qurilmalarning haqiqatan ham ommaviy tus olishiga imkon bermayapti. Ko‘pchilik dronlardagi batareyalar 10-15 daqiqa parvozdan so‘ng almashtirilishi kerak.

O‘tgan hafta Intelligent Energy kompaniyasi vodorodli batareyadan iborat kichik uchuvchi qurilmaning ishlaydigan rusumini namoyish etdi. Ularning ta'kidlashicha, bunday dron havoda deyarli ikki soat ucha oladi.

Akkumulyatordagi vodorod va kislorod atmosferadagi havo bilan reaksiyaga kirishib qurilma dvigatelini harakatlantiruvchi elektr quvvatini tashkil qiladi. Vodorod akkumulyatorining og‘irligi 1,6 kilogrammdan iborat. Afsuski, vodorodning o‘zi bunday turdagi dronlarning keng tarqalishiga ta'sir etadi. Masalan, AQShning o‘zida vodorodli akkumulyatorni bir marta qayta vodorod bilan to‘ldirish uchun 200 dollar sarflanadi. Har qanday holatda ham, keyinchalik ishlab chiqarishning arzonlashishi va vodorod dvigatellarining keng tarqalishi dronlarning narxlari va ularning parvozlari uchun sarflanadigan mablag‘larning qiymatini tushirishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish