17:04 / 04.04.2016
1234

Iroqdagi terakt tufayli 20dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Iroqda terrorchilik harakati sodir etilishi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda mamlakat huquq-tartibot organlariga asoslangan holda Reyter agentligi xabar tarqatgan.

Terrorchi o‘zini portlatishi orqali sodir etilgan bu terakt qurbonlari shialardan iborat politsiya bo‘linmasi a'zolari bo‘lishgan.

Iroqning shimoli va sharqida o‘z nazoratini saqlab qolayotgan IShID o‘z nashri bo‘lmish Amaq orqali bu terakt tufayli 60 kishi jabrlangani haqida ma'lum qilgan.

Bundan oldinroq, Pentagon IShIDning raketadan o‘qqa tutishlarga javobgar bo‘lgan yetakchisi Jasim Xadija o‘ldirilgani haqida ma'lum qilgandi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan «terrorchilik tashkiloti» deb topilgan.

Top