09:48 / 04.04.2016
1532

Islandiya bosh vaziri ofshor kompaniyasi haqidagi savolga javob berishdan qochdi

Islandiya bosh vaziri Sigmyundyur Gyunnleygsson jurnalistlardan birining u egalik qiladigan kompaniyalardan biri Jurnalistik tekshiruvlar xalqaro konsorsiumi olib borayotgan tekshiruv doirasiga tushib qolgani borasidagi savollariga javob berishdan qochdi.

The Guardian nashri xabariga ko‘ra, gap vazir egalik qiladigan Wintris kompaniyasi haqida ketmoqda.

"Siz nima qilmoqchisiz? Bu nomaqbul ish", degan u.

U kompaniyasining ishlari qonunchilik doirasida olib borilganini ta'kidlagan.

Bundan oldinroq, vazir parlament qarshisida ofshor bo‘yicha savollarga javob bergani ma'lum qilingandi.

OAVda Mossack Fonseca kompaniyasining maxfiy ma'lumotlari e'lon qilib yuborilgach, dunyodagi bir qator siyosiy va jamoat arboblari soliqlardan qochish maqsadida va pul yuvish maqsadlarida ofshor kompaniyalardan foydalangani aytila boshlandi.

Top