Sport | 22:47 / 04.04.2016
1152
2 daqiqa o‘qiladi

Jyerar Pike: «Atletiko» – Ispaniyadagi ikkinchi jamoa. Bizga klasikodagidan ham qiyinroq bo‘ladi»

«Barselona» jamoasi himoyachisi Jyerar Pike «Atletiko»ga qarshi o‘yindan oldin bergan intervyusida madridliklar jamoasining kuchli jihatlariga baho berib o‘tdi.

«Atletiko» bizdan qo‘rqmaydi. Ular mavsumni yaxshi o‘tkazishmoqda. Ayni vaqtda bu jamoa Ispaniyaning ikkinchi raqamli jamoasi bo‘lib turibdi. Bu esa bizni klasikodagi bahsdan ham ko‘ra qiyinroq bahs kutib turganini anglatadi. Raqib qarshi hujumlardan unumli foydalanishni o‘zlashtirgan.

Albatta, barchasi «Barselona»ning o‘yiniga bog‘liq bo‘ladi. Agar biz birinchi daqiqadan to‘pni nazorat qilishni boshlasak, muxlislar ham bizni qizg‘in qo‘llab-quvvatlab turishsa va o‘ylagan rejalarimiz amalga oshsa, bizni to‘xtatib bo‘lmay qoladi.

«Real»dan uchralgan mag‘lubiyatni unutib bo‘ldik. Menimcha, bitta o‘yinni emas, primerani, YeChLni va Ispaniya kubogini yutish muhimroq», – deydi futbolchi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish